2019-yildan beri 100+ o'quv markazi tanlovi. Kichik iltimosdan boshlangan loyiha bugun butun mamlakat bo'ylab ishlamoqda.
Hammasi 2019-yildan boshlangan. Bir qadrdon akamiz o'quv markazlarida o'quvchilar soni ko'payib ketganligi sababli administratorlari juda ko'p ishlarga ulgurmayotganini aytib, ular uchun soddaroq dastur yaratib berishimizni iltimos qildilar.
O'quv markazlar faoliyatini o'rganib chiqdik. Deyarli barchasida avtomatlashtirish yo'q edi. Shunda biz barcha jarayonlarni avtomatlashtiruvchi mukammal CRM yaratishga qaror qildik va unga EduSmart (Aqlli ta'lim) nomini berdik.
EduSmart CRM dasturi respublikamizda intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining maxsus ekspertlari tomonidan to'liq ekspertizadan o'tkazilgan.
Dasturimiz elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazasiga bo'lgan mulkiy huquqlarni himoya qiluvchi maxsus GUVOHNOMAga ega bo'lib, bu hujjat dasturning original mualliflik mahsuloti ekanligini rasmiy tasdiqlaydi.
Ushbu GUVOHNOMA EduSmart CRM dasturi boshqa mavjud CRM dasturlari ustiga qurilmaganligini, internet kodlardan ko'chirilmaganligini hamda dastur to'liq muallifning o'ziga tegishli ekanligini asoslagan holda tasdiqlovchi rasmiy hujjat hisoblanadi.
Diqqat: EduSmart CRM dasturidan muallifning yozma ruxsatisiz har qanday yo'l bilan foydalanish, ko'chirish yoki tarqatish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qonuniy javobgarlikka olib keladi.
O'quv markazlarining barcha jarayonlarini avtomatlashtirib, samarali boshqaruvni yo'lga qo'yish va ta'lim sifatini oshirish.
O'zbekiston bo'ylab har bir o'quv markaz va maktab uchun zamonaviy, qulay va sodda boshqaruv tizimini taqdim etish.
"Turon Information Technology Group" MCHJ ofisi