Umumiy qoidalar
1.1. CRM — Bajaruvchi tomonidan taqdim etilayotgan va Buyurtmachining o'quv markazida biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun bir qator funksiyalarni o'z ichiga olgan EduSmart CRM dasturiy ta'minoti.
1.2. CRM Bajaruvchining apparat va dasturiy tizimida joylashgan va undan Internet orqali foydalanish mumkin.
1.3. Buyurtmachi Bajaruvchining Internetdagi https://edu-smart.uz domeni hisobiga kiruvchi noyob domenni oladi.
1.4. Akkaunt — Buyurtmachining CRM da qayta ishlagan barcha ma'lumotlarini saqlaydigan shaxsiy kabineti.
1.5. Avtorizatsiya ma'lumotlari — foydalanuvchilar CRM ga kirishda foydalanadigan login va parol.
1.6. Foydalanuvchi — avtorizatsiya ma'lumotlarini olgan va mijozning hisobiga kirish huquqiga ega bo'lgan mijozning vakili.
1.7. Talaba — buyurtmachining potentsial mijozi.